Shimkentda oilaviy mojaro erkakning o‘limi bilan yakunlandi

Shimkent shahrining Samal-3 mavzesida er-xotin o‘rtasidagi oilaviy mojaro fojia bilan yakunlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, janjal vaqtida erkak pichoq jarohatini olgan va voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Shimkent shahar politsiya departamenti ma’lum qildi.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa yuzasidan sudgacha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Gumondor sifatida ayol qo‘lga olingan va vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Tergovchilar mojaroning barcha tafsilotlarini aniqlamoqda.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, marhumning voyaga yetmagan ikki qizi qolgan. Qo‘shnilar mojaro ayol namoz o‘qiyotgan paytda eri unga xalaqit bergani ortidan boshlangan bo‘lishi mumkinligini aytgan. Biroq huquq-tartibot idoralari bu versiyani hozircha rasman tasdiqlamagan.






























Izohlar 0
…