Qozog‘istonda ayol video olish uchun boshiga plastik quvur ulagichini kiyib, uni yecha olmay qoldi (video)

Qozog‘istonning Shimkent shahrida yashovchi 40 yoshli Meken Alimbetova ijtimoiy tarmoqlar uchun video olish vaqtida noqulay holatga tushib qoldi. Santexnika do‘konida ishlaydigan ayol boshiga plastik quvur ulagichini kiygan, ammo uni mustaqil ravishda yecha olmagan.
Mahalliy OAVlar xabar berishicha, uning hamkasblari ham plastik detalni yechishga urinib ko‘rgan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan. Oqibatda ayol tibbiyot muassasasiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Krisp.kz nashrining yozishicha, tibbiyot muassasasida ayolning boshi plastik detalga zarar yetkazmasdan chiqarib olingan.
Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Nashr xabar e’lon qilingan vaqtda rolikni besh milliondan ortiq kishi tomosha qilganini ma’lum qilgan.






























Izohlar 0
…