Tramp 20 milliondan ortiq amerikalikka 90 dollardan bir martalik to‘lov berilishini e’lon qildi

Tramp 20 milliondan ortiq amerikalikka 90 dollardan bir martalik to‘lov berilishini e’lon qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp 20 milliondan ortiq Medicare benefitsiariga tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplashga yordam berish uchun 90 dollardan bir martalik to‘lov berilishini ma’lum qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

AQSH Medicare va Medicaid xizmatlari markazi ma’lum qilishicha, to‘lov Medicare Part B dasturining ayrim ishtirokchilariga oktyabr oyida beriladi. Ko‘pchilik mablag‘ni to‘g‘ridan to‘g‘ri bank hisob raqamiga oladi, ayrim benefitsiarlarga esa chek yuboriladi.

Mablag‘lar Kongress tomonidan ajratilgan, qariyb 2 milliard dollarga ega Medicare Improvement Fund hisobidan beriladi. Biroq to‘lov barcha keksa amerikaliklarga tegishli emas: ayrim Medicare benefitsiarlari, jumladan Medicare Advantage rejasidagilar, undan foydalana olmaydi.

Bu Trampning saylovlar oldidan amerikaliklarga moliyaviy yordam berish haqidagi so‘nggi tashabbuslaridan biri bo‘ldi. Prezident, shuningdek, noyabr oyidagi oraliq saylovlarda respublikachilar Kongressda nazoratni saqlab qolsa, barcha katta yoshli amerikaliklarga 5 ming dollardan berish rejasini ilgari surgan. Biroq bu hozircha amalga oshirilgan to‘lov emas, balki taklif hisoblanadi.

Tramp ma’muriyati shu kunlarda yana qariyb 1 million amerikalikka 500 dollardan Obamacare bilan bog‘liq qaytarimlarni ham yubormoqda. Bu dastur Medicare to‘lovlaridan alohida hisoblanadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar