MrBeast bir sutkada 71,8 mln ko‘rish bilan rekord o‘rnatdi

YouTube platformasidagi eng mashhur kontent yaratuvchilardan biri MrBeast navbatdagi katta natijasini qayd etdi. Uning yangi videosi e’lon qilinganidan keyin dastlabki 24 soat ichida 71,8 million marta ko‘rildi. Bu ko‘rsatkich youtuber'ning bir sutkadagi ko‘rishlar bo‘yicha shaxsiy rekordiga aylandi.
Videoga bo‘lgan qiziqish nafaqat ko‘rishlar sonida, balki tomoshabinlarning uni qancha vaqt davomida tomosha qilganida ham namoyon bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, foydalanuvchilar videoni o‘rtacha 20 daqiqadan ko‘proq vaqt ko‘rgan.
Natijada videoning umumiy tomosha vaqti 1 milliard daqiqadan oshgan. Bu esa MrBeast kontentining YouTube auditoriyasi orasida qanchalik katta qiziqish uyg‘otayotganini ko‘rsatadi.
MrBeast so‘nggi yillarda yirik loyihalari, katta sovrinlari va noodatiy videolari bilan platformadagi eng taniqli ijodkorlardan biriga aylangan. Yangi rekord esa uning YouTube'dagi yuqori natijalari qatoriga yana bir ko‘rsatkich qo‘shdi.































Izohlar 0
…