MrBeast Samarqandda muxlislar qurshovida qoldi (video)

MrBeast Samarqandda muxlislar qurshovida qoldi (video)

Bugun, 10 oktyabr kuni Samarqandda mashhur bloger MrBeast'ni ko‘rish va u bilan suratga tushish istagida bo‘lgan yuzlab muxlislar to‘plandi. Bloger atrofida katta olomon yig‘ilib, ko‘pchilik unga yaqinroq borish va esdalik uchun suratga tushishga harakat qildi. Odamlar shu qadar ko‘p ediki, olomon orasidan o‘tishning o‘zi ham oson bo‘lmadi.

Kecha Toshkentda MrBeast ortidan yugurgan muxlislar bugun Samarqandda uni kutib oldi. Bloger bilan suratga tushish va uni yaqindan ko‘rish istagida bo‘lganlar orasida hayajon katta bo‘ldi. Uning tashrifi nafaqat poytaxtda, balki boshqa shaharlarda ham katta qiziqish uyg‘otayotganini kuzatish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda ham MrBeast'ning O‘zbekistondagi tashrifi bilan bog‘liq lavhalar e’tibor tortmoqda. Mashhur blogerni ko‘rish uchun yig‘ilgan muxlislar, olomon va suratga tushish uchun bo‘lgan urinishlar uning tashrifi ko‘pchilik uchun unutilmas voqeaga aylanganini ko‘rsatmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar