Moskva viloyatida dron «Igla» yordamida urib tushirildi (video)

Moskva viloyatida neft infratuzilmasi obyektiga yaqinlashgan dronni Rossiya havo mudofaasi harbiylari 9K38 «Igla» zenit-raketa majmuasi yordamida urib tushirgani aks etgan video tarqaldi.
Kadrlarda harbiy xizmatchi portativ zenit-raketa majmuasi orqali past balandlikda uchib kelayotgan dronni nishonga olayotgani va unga qarshi raketa uchirgani ko‘rinadi. Rossiya manbalarida dron Ukrainaga tegishli ekani va neft infratuzilmasi obyektiga yaqinlashgani ta’kidlangan. Biroq bu ma’lumotlarning ayrim tafsilotlari mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.
5 oktyabr kuni Moskva meri Sergey Sobyanin Rossiya havo mudofaasi Moskva tomon uchib kelayotgan 9 ta dronni yo‘q qilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, dronlar qoldiqlari tushgan joylarda favqulodda xizmatlar mutaxassislari ishlagan.
Shu kuni Sobyanin 1 sentyabrdan 5 oktyabrgacha Moskva viloyati tomon qariyb 10 mingta dron uchganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, ularning aksariyati Moskvadan uzoqdagi hududlarda neytrallashtirilgan, 862 tasi esa poytaxtga yaqinlashganda yo‘q qilingan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…