Tennis to‘pi uchayotgan chaykaga tegib ketdi — qushning keyingi holati hayratga soldi (video)

Tennis to‘pi uchayotgan chaykaga tegib ketdi — qushning keyingi holati hayratga soldi (video)

Avstraliyadagi tennis o‘yini vaqtida kutilmagan hodisa yuz berdi. O‘yinchining zarbasi bilan uchib kelgan tennis to‘pi kort ustidan uchib o‘tayotgan chaykaga tegib, qushning maydonga qulashiga sabab bo‘ldi.

Hodisa aks etgan videoda to‘p qushga tekkanidan so‘ng uning kortga tushgani, oradan ko‘p o‘tmay esa boshqa chaykalar uning yoniga yaqinlashgani ko‘rinadi.

Keyinchalik tarqalgan boshqa videoda esa chaykaning o‘rnidan turib, kort bo‘ylab yurgani aks etgan. Videoni tarqatgan akkaunt ma’lumotiga ko‘ra, qush zarbadan keyin o‘ziga kelgan.

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilarning turli munosabatlariga sabab bo‘lmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar