Ilon Mask bir kunda 30 milliard dollar boyidi

Ilon Mask bir kunda 30 milliard dollar boyidi

Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning boyligi yana 1 trillion dollardan oshdi. Milliarderning mablag‘lari 5 oktyabr kuni bir kunda 30,6 milliard dollarga ko‘paydi.

Boylikning keskin o‘sishiga asosan Tesla va SpaceX aksiyalarining qimmati oshgani sabab bo‘lgan.

Shu tariqa, Ilon Mask yana dunyodagi boyligi 1 trillion dollardan yuqori bo‘lgan shaxslar qatoriga qaytdi.

Milliarderning umumiy boyligi aksiyalar qiymatiga bevosita bog‘liq bo‘lgani uchun uning moliyaviy ko‘rsatkichlari bozordagi o‘zgarishlarga qarab tez-tez o‘zgarib turadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar