Jorjinadan kutilmagan qaror: endi u Ronalduning uch nafar katta farzandining rasman onasi!

Jorjinadan kutilmagan qaror: endi u Ronalduning uch nafar katta farzandining rasman onasi!

Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges oilasida to‘ydan keyin yana bir muhim voqea yuz berdi. Xabarlarga ko‘ra, Jorjina futbolchining uch nafar katta farzandini rasman farzandlikka olgan.

Gap Ronalduning katta farzandlari — Krishtianu Junior hamda egizaklar Yeva va Mateo haqida ketmoqda.

Bunga qadar Jorjina faqat Ronalduning ikki nafar farzandi — Alana Martina va Bella Esmeraldaning qonuniy onasi hisoblangan.

Endi esa u futbolchining jami besh nafar farzandiga nisbatan rasman qonuniy ona maqomiga ega bo‘lgani aytilmoqda.

Bu qaror Ronaldu va Jorjina oilasidagi munosabatlarning yanada mustahkamlanganini ko‘rsatadigan muhim qadam sifatida baholanmoqda. Shu bilan birga, ma’lumotlarga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu katta farzandlariga nisbatan ota-onalik huquqi va vasiylik maqomini saqlab qolgan.

Shunday qilib, oiladagi farzandlarning barchasi Jorjina va Ronaldu uchun yanada umumiy oilaviy maqomga ega bo‘lmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar