Italiyada tug‘ma ko‘zi ojiz ayol 200 soatdan ortiq parvoz qildi

1 daqiqa o'qish0
Italiyada tug‘ma ko‘zi ojiz ayol 200 soatdan ortiq parvoz qildi

Italiyalik 56 yoshli Lyuchiya Sabrina Papa tug‘ma ko‘zi ojiz bo‘lishiga qaramay, samolyot boshqarishni o‘rganib, 200 soatdan ortiq parvoz tajribasini to‘pladi. U mamlakatdagi ilk ko‘zi ojiz uchuvchi-shogird sifatida tanilgan.

Sabrina bolaligidan samolyotlarga qiziqqan. U kichikligida uyi yaqinidagi harbiy aeroportdan uchib o‘tadigan samolyotlar ovozini eshitib, osmonda parvoz qilishni orzu qilgan. Biroq ko‘rish qobiliyati yo‘qligi sababli bu orzusini amalga oshirish imkonini tasavvur ham qilmagan.

2016 yilda u nogironligi bo‘lgan insonlarga aviatsiya bilan shug‘ullanishda yordam beruvchi tashkilotlar bilan tanishib, parvoz mashg‘ulotlarini boshlagan. Dastlab samolyotda yo‘lovchi sifatida uchgan, keyinchalik instruktor yordamida boshqaruv tizimini o‘zlashtirgan.

Mashg‘ulotlar davomida Sabrina va uning instruktori maxsus taktil usulni ishlab chiqqan. Instruktor samolyotning holatini qo‘l bilan sezish orqali tushuntiradi, asboblar ko‘rsatkichlarini esa ovoz chiqarib o‘qib beradi. Shu tariqa ayol samolyotni boshqarish uchun zarur harakatlarni o‘rgangan.

U Sky Arrow va Tecnam P-92 kabi ultrayengil samolyotlardan tashqari, Cessna 152 va Cessna 172 hamda Extra EA-200 akrobatik samolyotida ham parvoz qilgan. Biroq Sabrina hozircha xususiy uchuvchi litsenziyasiga ega emas va barcha parvozlarni instruktor hamrohligida amalga oshiradi. Instruktor zarur hollarda boshqaruvga aralashishga tayyor turadi.

2024 yil dekabr oyida u o‘z hayoti va parvoz tajribalari haqida «Volando nell'invisibile» («Ko‘rinmaslik olamida parvoz») nomli kitobini nashr ettirgan. Unda ayol aviatsiyaga bo‘lgan qiziqishi, mashg‘ulotlar davomida duch kelgan qiyinchiliklari va orzusini amalga oshirish yo‘li haqida hikoya qilgan.

2026 yil noyabr oyida Sabrina Rimdagi Fyumichino aeroportining dispetcherlik minorasiga ham tashrif buyurdi. U yerda havo harakatini boshqaruvchi mutaxassislar faoliyati va parvozlar xavfsizligini ta’minlashda qo‘llaniladigan texnologiyalar bilan tanishdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?