Bibisora Asaubayeva dunyoning 12-raqamli shaxmatchisini mag‘lub etdi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Budapeshtda o'tayotgan Total Chess World Championship Tour Pilot 2026 superturnirida qozog'istonlik Bibisora Asaubayeva FIDЕ reytingida 12-o'rinda turuvchi hindistonlik Ardjun Erigaysini mag'lub etdi.
- Musobaqa davomida Asaubayeva Vayshali Rameshbabuga qarshi bahslardan so'ng 8 ochko jamg'arib, D guruhida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
- A guruhida ishtirok etayotgan o'zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov esa Yorden van Forestga qarshi o'yinlardan so'ng 5 ochkoga ega bo'ldi.
Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Asaubayeva Budapeshtda o‘tayotgan Total Chess World Championship Tour Pilot 2026 superturnirida sensatsion natija qayd etdi. U hindistonlik Ardjun Erigaysini mag‘lub etdi. Erigaysi FIDЕ reytingining ochiq toifasida 12-o‘rinda turadi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.
Hindistonlik shaxmatchining reytingi 2746 ochkoni, Asaubayevaniki esa 2532 ochkoni tashkil etadi. Biroq javob bahsida Erigaysi revansh olishga muvaffaq bo‘ldi. Ikki partiya natijasiga ko‘ra, raqiblar bir-biridan bittadan g‘alaba qayd etdi.
Musobaqaning 13 noyabr kunigi bahslarida Asaubayeva hindistonlik Vayshali Rameshbabuga qarshi ham ikkita partiya o‘tkazdi. Birinchi o‘yinda qozog‘istonlik shaxmatchi g‘alaba qozongan bo‘lsa, javob uchrashuvida Vayshali ustun keldi. Shu tariqa Asaubayeva guruhdagi ochkolari sonini 8 taga yetkazdi.
D guruhida Maksim Vashe-Lagrav 12 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Hans Nimann 9 ochko bilan ikkinchi, Ardjun Erigaysi ham 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Asaubayeva esa 8 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Turnirda O‘zbekiston vakili Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda. U A guruhida Yorden van Forestga qarshi o‘tkazgan ikki partiyasidan birida mag‘lub bo‘lib, ikkinchisida durang qayd etdi. Hozirda uning hisobida 5 ochko bor.
A guruhida Alireza Firuzdja 11 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Yorden van Forest 8 ochko bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan.
Total Chess World Championship Tour Pilot 2026 musobaqasi 10–20 noyabr kunlari Budapeshtda o‘tkazilmoqda. Unda jahonning 24 nafar kuchli shaxmatchisi ishtirok etyapti.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…