Jurnalistlar va teleboshlovchilar uchun yangi raqib: Xitoy robotlarni namoyish qildi

Jurnalistlar va teleboshlovchilar uchun yangi raqib: Xitoy robotlarni namoyish qildi

Xitoyda sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan ikkita odamsimon robot teleboshlovchi namoyish etildi. Ular inson qiyofasida yaratilgan bo‘lib, kamera qarshisida turish, gapirish, tabiiy harakatlanish va nutq mazmuniga mos ravishda yuz ifodalarini o‘zgartirish imkoniyatiga ega.

Yangi robotlar 5 noyabr kuni Pekinda bo‘lib o‘tgan Jahon media sammiti doirasidagi sun’iy intellekt forumida taqdim etildi. Loyiha Xitoyning Sinxua axborot agentligi va UBTECH Robotics kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilgan.

Robotlardan biri erkak, ikkinchisi esa ayol qiyofasida yaratilgan. Ularning tashqi ko‘rinishini imkon qadar insonga o‘xshatish uchun bionik teri, odamsimon robototexnika va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanilgan. Shuningdek, ularning nutqi, lab harakatlari va yuz ifodalari o‘zaro uyg‘unlashtirilgan.

Robotlar Xinhua Yudian nomli sun’iy intellekt platformasiga ulangan. Ushbu tizim axborot agentligining tekshirilgan ma’lumotlar bazasidan foydalanib, yangiliklarni taqdim etishga yordam beradi. Taqdimot davomida robotlardan biri sahnada yangiliklarni o‘qib, o‘z imkoniyatlarini namoyish qilgan.

Shunga qaramay, robotlardan televideniyeda doimiy teleboshlovchi sifatida foydalanish rejasi hozircha tasdiqlanmagan. Ular kelajakda yangiliklarni taqdim etish, turli tillarda axborot yetkazish va auditoriya bilan muloqot qilish kabi vazifalarda qo‘llanishi mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar