Ispaniyada poyezd halokati sabab uch kunlik motam e’lon qilindi

Ispaniyada poyezd halokati sabab uch kunlik motam e’lon qilindi

Ispaniyada o‘nlab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan temiryo‘l halokati munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Pedro Sanches 28 oktyabr kuni ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, motam 29 oktyabrdan 31 oktyabrgacha davom etadi. Motam kunlari butun mamlakatni qamrab oladi.

«Ispaniya qayg‘uda va jabrlanganlarni bag‘riga bosadi. Ispaniya hukumati va butun davlat jabrlanganlar hamda ularning oilalari bilan birga», — dedi Sanches.

Fojia Toledo provinsiyasidagi Urda shahri yaqinida Renfe va Iryo kompaniyalariga tegishli ikki tezyurar poyezd to‘qnashishi oqibatida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, poyezdlardan biri to‘xtab turgan ikkinchi poyezdga borib urilgan. Hodisaning sabablari yuzasidan tergov olib borilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halokat oqibatida kamida 68 kishi halok bo‘lgan, 179 kishi jarohatlangan. Ulardan 50 ga yaqini og‘ir tan jarohati olgan. Yana 30 nafar yo‘lovchining jarohati yengilroq. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Qutqaruv ishlari davomida qurbonlar soni o‘zgarishi mumkinligi bildirilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar