15:15 / 04.08.2017
5 610

Dunyodagi eng yirik baliq bozorida yong‘in yuz berdi

Dunyodagi eng yirik baliq bozorida yong‘in yuz berdi
Yaponiya polisiyachi va o‘t o‘chiruvchilari dunyodagi eng yirik baliq bozori Sukidzi vayronalarini tozalashni boshlashdi. Bozor hududida yong‘in yuz berdi. Bu haqda «NHK telekanali»ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Yong‘in 3 avgust tungi soatlarda yuz bergan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi, biroq bozorning 935 kvadrat metrlik hududi vayronaga aylandi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in tufayli ettita bino zarar ko‘rgan. Shu bilan birga, olovni to‘liq o‘chirish uchun taxminan 15 soat vaqt ketgan.

O‘t o‘chirish xizmatlari voqeaga nima sabab bo‘lganini hozircha aniqlay olishmadi, ayni damda bu borada surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Tokio gubernatori Yuriko Koikening ta’kidlashicha, bozorning yoshi va uning kuchli zilzilalarga bardosh berish darajasining pastligi hududni qayta qurish kerakligidan dalolat beradi.

Tokioda 80 yil avval tashkil etilgan baliq bozorini har yili o‘n minglab kishilar kelib ko‘radi. U sayyohlar orasidagi eng mashhur joylardan biri sanaladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng yirik baliq bozorida yong‘in yuz berdi