
Afrikadagi Kryuger milliy bog‘ida sayr qilib yurib, sayyoh pushti rangli filchani ko‘rib qoldi va videoga oldi, deb yozadi «Daryo» nashri.
Noodatiy tusli filcha suv havzasida boshqa fillar bilan birga sho‘xlik qilmoqda. Unga g‘amxo‘rlik qilib, mehr ko‘rsatishmoqda va o‘z urug‘doshlariga o‘xshamaganligi uchun hech ham azob chekmayapti.
Albinizm — organizmda teri va soch rangi, ko‘z rangdor pardasining tusi uchun javob beradigan melanin pigmentining bo‘lmasligi bilan tavsiflanadigan kasallik.
Albinos jonivorlarning hayot uchun kurashishi juda qiyin: ular o‘z urug‘doshlari orasida ajralib turgani uchun, yirtqichlar ovining birinchi galdagi ob’ektiga aylanadi. Bundan tashqari, ularni kamyob terini qo‘lga kiritish istagidagi brakonerlar alohida o‘jarlik bilan ta’qib qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar