21:11 / 03.10.2017
6 157

“Tepag‘on” operatorga 3 yil qamoq jazosi tayinlandi

“Tepag‘on” operatorga 3 yil qamoq jazosi tayinlandi
Vengriya va Serbiya chegarasida politsiya xodimidan qochishga harakat qilgan qochoqni chalib yiqitgan operator — Petra Laszloga nisbatan sud 3 yillik qamoq jazosi tayinladi. Bu haqda Qalampir.uz nashri xabar bermoqda.

Suriyalik qochoqning advokati operatorga nisbatan insonlarga kuch ishlatish va jinoyat sodir etishga urinish kabi ayblovlar qo‘yilishini talab qilgan.

Petra Laszlo 2015 yilda Vengriya va Serbiya chegarasida politsiya xodimlaridan qochishga uringan suriyalik qochoqni chalib yiqitgan edi.

Keyinroq videokameraga muhrlangan ushbu lavha jamoatchilik tomonidan katta e’tirozlarga sabab bo‘lgan edi. Operatorga nisbatan esa jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.

Sud hukmiga ko‘ra, Petra Laszloga nisbatan sud 3 yillik qamoq jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tepag‘on” operatorga 3 yil qamoq jazosi tayinlandi