06:58 / 23.10.2017
5 509

Angliyadagi bouling-klubda odamlar garovga olindi

Angliyadagi bouling-klubda odamlar garovga olindi
Angliyada qurollangan ekrak Uorkshir grafligining Naniton shahridagi savdo-ko‘ngilochar markazi binosida odamlarni garovga oldi. Bu haqda Sky News telekanaliga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Uning ma’lum qilishicha, ko‘ngilochar markaz joylashgan hudud politsiya tomondan qurshab olingan. Politsiyachilardan biri qurollangan bir erkak boulingda 3 kishini garovga olganini aytgan.

Yana bir guvohning ma’lum qilishicha, politsiya bouling-klub yonidagi restoranni yopib qo‘ygan va u yerdagi odamlarga yaqin soatlar ichida tashqariga chiqishni taqiqlab qo‘ygan.

Coventry Telegraph’ning ma’lum qilishicha, voqea joyiga tez yordam mashinalari, politsiya zirhli avtomobili yetib kelgan. Jinoyatchi o‘z istaklari jiddiyligini bildirish maqsadida garovga olinganlardan birini oyna oldiga olib kelgan.

Shahar politsiyasining tvitterdagi sahifasida garovga olinganlar haqida hech narsa aytilmay, odamlarga bu hududda paydo bo‘lmaslik tavsiya qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Angliyadagi bouling-klubda odamlar garovga olindi