Berlinda supermarket kassiri 11 soat garovda ushlab turildi

Germaniyaning Berlin shahridagi supermarketlardan birida kassir ayol garovga olinib, qariyb 11 soat davomida ushlab turildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 10 iyul kuni kechqurun yuz bergan. Gumonlanuvchi supermarketga kirib, kassada ishlayotgan ayolni pichoq bilan qo‘rqitib garovga olgan.
Voqea joyiga maxsus kuchlar, tez yordam va o‘t o‘chiruvchilar jalb etilgan. Politsiya muzokarachilari vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga uringan, biroq 11 iyul kuni ertalab maxsus bo‘linma operatsiya o‘tkazib, ayolni ozod qilgan va gumonlanuvchini qo‘lga olgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olish chog‘ida elektroshok qurilmasidan foydalanilgan. Hodisa vaqtida supermarketdagi boshqa xodimlar xavfsiz evakuatsiya qilingan.
Hozirda politsiya voqea sabablari va gumonlanuvchi bilan garovga olingan ayol o‘rtasida avvaldan tanishuv bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlash yuzasidan tergov olib bormoqda.






























Izohlar 0
…