
Avstraliyaning Kvinslend shtatida istiqomat qiluvchi ayol uzunligi 1 metr keladigan chuvalchangni rasmga oldi. Bu haqida “fakty.ictv.ua” xabar bermoqda.
Digaster longmani turiga mansub ushbu chuvalchang uyi yomg’ir suvlariga to’lib qolgani uchun tashqariga chiqqan. Ma’lumot uchun, mazkur turdagi chuvalchanglarning uzunligi 2 metrgacha bo’lishi mumkin.
Kvinslend muzeyi xodimi Robert Reyven suratdagi chuvalchangning uzunligi tahminan 80 sm ekanligi, biroq cho’zilganda 1 metrdan ham uzunroq bo’lib ketishini aytgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar