
Xabarda yozilishicha, Jidda shahrida bo’lib o’tgan to’yda mehmonlarga iPhone ko’rinishidagi konfetlar tarqatilgan. YouTube ga joylashtirilgan to’y videosida ham bu holat yaqqol aks etganini ko’rish mumkin.
Marosimda ofitsiantlar iPhone telefonlari joylashtirilgan patnislarni ko’tarib chiqishgani tasvirga olingan. Tantana ishtirokchilaridan biri Al Bawaba internet nashriga bergan intervyusida ushbu “telefonlar” konfet o’rami ekanligini aytgan.
An’analarga ko’ra, bunday sahiylik to’y egalarining mehmondo’stligini anglatar ekan.
Internet foydaluvchilari mazkur holatga isrofgarchilik sifatida qarab, tanqid toshlarini yog’dirmoqdalar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar