
Voqea o’rta yoshli politsiya xodimi maktab eshigini qulflashga urinayotgan paytda sodir bo’lgan. Aynan o’sha yerda o’quvchilarning biri va politsiya xodimi o’rtasidan nizo kelib chiqdi. Bu haqida “5-tv.ru” nashri xabar tarqatgan.
Hodisa davomida o’quvchining o’nlab sinfdoshlari ushbu holatni tomosha qilib turishgan. Politsiya xodimi o’smirni o’zidan uzoqroq masofada ushlashga harakat qilgan, ammo bu o’quvchini battar g’azablantirgan va u erkakning boshiga bir necha bor qattiq tepgan.
Voqea joyiga politsiya va tibbiyot xodimlari yetib kelishdi. O’smir esa qo’lga olinib, mast holatda bo’lgani aniqlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar