
Berlinda 78 yoshli keksa erkak metro vagoni ichida yo’lovchilariga pistolet o’qtalib, o’ziga joy bo’shatishlarini talab qildi. Ushbu hodisa haqida “M24.ru” internet nashri xabar bermoqda.
Erkak vagon ichidagi 25 yoshli qizning yoniga borib, o’zini politsiya xodimi deb tanishtirgan va unga harid sumkasi ichidagi pistoletini o’qtagancha joy bo’shatib berishni talab qilgan. Birozdan keyin esa boshqa vagonga o’tib ketgan.
Politsiya ushbu fuqaroni darhol mahkamaga yetkazib keldi. Fuqaroning shaxsi aniqlangach, ozodlikka chiqarib yuborilgan. Ayni paytda hodisa yuzasidan tekshirish ishlari davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar