10:36 / 30.12.2017
27 247

Dunyodagi eng chiroyli egizaklar haqida bilasizmi?

Dunyodagi eng chiroyli egizaklar haqida bilasizmi?
AQSHda istiqomat qiluvchi 7 yoshli Lia Rouz va Ava Marilar dunyoning eng chiroyli egizaklari deya e’tirof etilmoqda.

Qizaloqlarning onasi Jeki 2017 yilning iyul oyidan boshlab egizaklari haqida ijtimoiy tarmoq sahifasini yuritib keladi. Aynan shu paytdan beri qizaloqlar modellik agentliklari va shourumlar tomonidan hamkorlik bo’yicha ko’plab takliflarni qabul qilmoqdalar.

Instagram ijtimoiy tarmog’ida paydo bo’lgan sahifa qizaloqlar hayotini boshdan oyoq o’zgartirib yubordi. Endilikda ularning kundalik hayoti ham suratga olish jarayonlari bilan to’lib toshgan.

“Bu yili barchasi boshqacha bo’ldi. Qizlar keskin ravishda o’zgarishdi, o’z fe’l-atvorlarini namoyon etdilar. Endi ular diqqat markazida bo’lish uchun harakat qiishadi” deydi qizaloqlarning onasi Jeki.

Xabarda aytilishicha, egizaklarning sahifasiga 140 mingta odam a’zo bo’lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng chiroyli egizaklar haqida bilasizmi?