Qohira sudi Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy va yana 19 kishi, jumladan sobiq deputatlar, jurnalistlar va mamlakatda taqiqlangan “Musulmon birodarlar” harakati faollarini 3 yillik qamoq jazosiga tortdi.
Ularning barchasi sudni haqorat qilishda aybdor deb topildilar.
2017 yil 30 dekabrda chiqarilgan hukmga ko‘ra, Mursiy shuningdek sudyalardan biri va mamlakat sudyalar ittifoqiga yetkazgan ma’naviy zarar uchun 1 mln Misr funti (46 ming yevro) to‘lab berishi kerak.
2015 yildan beri davom etib kelayotgan ushbu ish Mursiy va boshqa ayblanuvchilarning sud nomiga bildirgan ayblovlari bilan bog‘liq bo‘lgan.
Mursiy 2012 yilda Husni Muborak tuzumi ag‘darilgandan keyin mamlakatning demokratik yo‘l bilan saylangan ilk prezidenti hisoblanadi.
“Musulmon birodalar” bilan aloqaga ega bo‘lgan Mursiy prezident lavozimini bor-yo‘g‘i bir yil egallagan, shundan keyin harbiy isyon natijasida chetlatilgan. Mursiy sudlanib, unga 45 yillik qamoq va o‘lim jazosi chiqarilgan, biroq o‘lim jazosi 2016 yilda bekor qilingan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!