AQSHda “Rossiya bo‘yicha mutaxassis” Karter Peyjning maktubi e’lon qilindi

1 daqiqa o'qish3.8K
AQSHda “Rossiya bo‘yicha mutaxassis” Karter Peyjning maktubi e’lon qilindi
Amerikaning Time jurnali 3 fevral kuni 2016 yilda AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampning maslahatchisi bo‘lgan Karter Peyjning maktubini e’lon qildi. So‘nggi kunlarda Peydjning ismi maxsus prokuror Robert Myullerning tergovi munosabati bilan OAV xabarlarida tez-tez paydo bo‘lmoqda, deb yozadi Tnews.uz sayti.

2013 yilning 25 avgusti sanasi yozilgan maktubda Peyj o‘z kitobini nashr etuvchilarini Rossiyadagi voqealar haqida xabardor ekanligiga ishontirishga urinadi. “So‘nggi yarim yil mobaynida men o‘z rahbarlarining Sankt-Peterburgda o‘tadigan G-20 sammitiga hisobot tayyorlayotgan (bu hisobotda energetika masalalariga alohida o‘rin ajratilgan) Kreml tahlilchilari jamoasining norasmiy maslahatchisi bo‘lish sharafiga ega bo‘ldim”.

Karter Peyj — kuni kecha Kongressdagi respublikachilar tomonidan e’lon qilingan shov-shuvli memorandumda bosh figura sifatida ko‘riladi. Noma mualliflarining aytishicha, FTB 2016 yilda Peyj ortidan kuzatuv borasida suddan sanksiya so‘rar ekan, idoraning so‘rovi Xillari Klinton saylov shtabida ishlagan ingliz sobiq josusi tomonidan berilgan ma’lumotlarga tayangani bilan bog‘liq faktni oshkor qilmagan.

Ingliz Kristofer Stilning ta’kidlashicha, Peydj 2016 yil iyulda Moskvaga tashrifi chog‘ida Rossiyaning nufuzli amaldori va Putinga yaqin bo‘lgan yana bir inson bilan uchrashgan va Klinton kampaniyasiga qarshi kurashish maqsadida Trampning saylovoldi kampaniyasiga qanday yordam berish masalasini muhokamma qilgan. Peyj bu kabi suhbat o‘tkazganini inkor qilmoqda, Stil esa o‘z manbalarining ismini oshkor qilmadi.

Kongressmen-demokratlar, shuningdek FTB va Bosh prokuraturadagi yuqori lavozimli amaldorlar bayonot berib, respublikachilarning memorandumi hodisalar talqinini buzishini aytishadi. Chunki Peyj ortidan kuzatuv borasidagi sanksiyalar nafaqat Stil taqdim qilgan ma’lumotlarga, balki ko‘plab dalillarga asoslangani aytiladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?