Avstraliyalik Sherri Simmons Kvinslend shtatida joylashgan Malambin Bich plyaji bo‘ylab sayr qilib yurganida noma’lum jonzotga duch keldi, deb xabar bermoqda Daryo.uz.
Avvaliga ayol qarshisidagi narsani tosh qotgan daraxt deb o‘ylagan, biroq yaqindan nazar tashlaganida u tirik jonzot ekanligi ma’lum bo‘lgan. Cho‘p bilan unga teginib ko‘rib, mazkur jonzot yumshoqligini aniqlagan, biroq uning ko‘zlari qayerda ekanligini topa olmagan.
«Dengiz olami» bog‘ining mutaxassislari topilgan noma’lum jonzot dengiz sigiri bo‘lishi mumkin demoqda. Biroq klivlendlik ekspertlar o‘z hamkasblarining fikriga qo‘shilmadi. Ularning aytishicha, maxluq akulaning jigariga o‘xshaydi, biroq u chirish arafasida bo‘lganligi uchun buni isbotlashning iloji yo‘q.
Politsiya Simmonsning suratidan so‘ng, qirg‘oqni ko‘zdan kechirib chiqqan, biroq hech narsa topa olmagan. Uni dengiz suvlari yuvib ketgan bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»