Jarroh xatosi tufayli oyog‘idan ayrilgan model yana sahnaga qaytdi

1 daqiqa o'qish4.2K
Jarroh xatosi tufayli oyog‘idan ayrilgan model yana sahnaga qaytdi
Jarroh xatosi tufayli oyog‘idan ayrilgan 27 yoshli model Rozalina Oktaviya yana sahnaga qaytdi va Models of Diversity xayriya tashkiloti elchisi bo‘ldi. Bu haqda News.com.au saytiga tayanib Daryo xabar berdi.

2010 yilda Oktaviya mototsiklda avariyaga uchrab, mushagiga shikast yetkazdi. Jarohatdan so‘ng u yugurishga qiynaldi, shuning uchun bir necha yildan keyin yana shifokorlarga murojaat qildi. Ayol Indoneziyada shifoxonaga yotdi, u yerda mushaklarni tiklash bo‘yicha operatsiyani boshdan kechirdi. Operatsiyadan so‘ng uning tizzasi shishib ketdi va besh kundan so‘ng ham asl holiga qaytmadi.

Boshqa shifoxonada unga operatsiya o‘tkazgan jarroh yanglishib arteriyalaridan birini kesib yuborganligini ma’lum qilishdi. Unga boshqa qon tomir ko‘chirib o‘tkazishdi, biroq bu yordam bermadi. Qon aylanmaganligi sabab uning oyog‘ini kesib tashlashga to‘g‘ri keldi.

Amputatsiyaga qadar Oktaviya akusher va model bo‘lib ishlar edi. U oyoqsiz qolgandan so‘ng moda dunyosi u uchun yopildi deb xavotirga tushdi. Biroq bir yil avval Singapurga ko‘chib o‘tdi va yangi model portfoliosini tayyorladi. Uni yana professional suratga tushish jarayonlariga taklif qila boshlashdi. Shundan so‘ng u Singapore Fashion Runway shousida ishtirok etdi.
Jarroh xatosi tufayli oyog‘idan ayrilgan model yana sahnaga qaytdi
Singapurdagi shoudan so‘ng Oktaviya Models of Diversity xayriya tashkilotining elchisi bo‘ldi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?