11:22 / 21.03.2018
4 806

Hindistonda 18 yoshli qiz smartfoni portlab ketib halok bo‘ldi

Hindistonda 18 yoshli qiz smartfoni portlab ketib halok bo‘ldi
Hindistonda 18 yoshli qiz o‘z smartfoni portlab ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qiz smartfonni quvvatlantirish paytida u orqali so‘zlashayotgan bo‘lgan. Bu haqda The Daily Mail nashriga tayanib, «Daryo» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, noxush hodisa Odisha shtatida sodir bo‘lgan. Qiz telefonini quvvatlantirishga qo‘ygan va shundan so‘ng kimgadir qo‘ng‘iroq qilgan. Portlash oqibatida uning qo‘li, ko‘kragi va oyog‘i jarohat olgan. U shifoxonaga olib kelinganida xushsiz bo‘lgan va ko‘p o‘tmay vafot etgan.

Ayni vaqtda portlashga nima sabab bo‘lgani aniqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda 18 yoshli qiz smartfoni portlab ketib halok bo‘ldi