Hindistonning Orissa shtatida maymun mahalliy ayollardan birining uyiga kirib, u yerdan ayolning bolasini olib qochgan. VVS’ning ma’lum qilishicha, bolaning jasadi quduqda aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, ayol bolasini maymun ushlab olganini ko‘rgach, uni to‘xtatmoqchi bo‘lgan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan. Ertasi kuni ayolning yaqinlaridan biri bolaning jasadini yaqin oradagi quduqda aniqlagan.
Shifokorlar bolaning tanasida jiddiy jarohatlar ko‘rishmagan va bola cho‘kkan degan xulosaga kelishgan. Mahalliy aholi maymun bolani tasodifan quduqqa tushirib yuborgan, deb taxmin qilmoqda.
Hozirda politsiya maymunni qidirmoqda.
Huquq-tartibot idoralarida ma’lum qilinishicha, Hindistonda yosh bolalarning maymunlar tomonidan o‘g‘irlanishi juda kamyob hodisa hisoblanadi. Maymunlar odamlarga hujum qilishi yoki yegulik topish maqsadida uylarga kirishi mumkin, biroq bolani o‘g‘irlashi birinchi marta yuz bermoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi