Foto:«Islam-today.ru»
«La Parisien» gazetasida chop etilgan e’londa zo‘ravonlik va yahudiy dushmanligini targ‘ib qilgani uchun ayrim oyatlarni Qur’oni karimdan chiqarib tashlash yuzasidan bildirilgan takliflar jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘layapti. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabariga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.
Fransiyada sobiq prezident Nikolas Sarkozi, sobiq uch vazir hamda yahudiy va xristian jamoati vakillari, yozuvchilardan iborat jami 300 kishining imzosi bilan chop etilgan takliflarni Fransiya islom kengashi (CFCM) boshlig‘i Ahmad O‘g‘rash jiddiy tanqid qildi.
«Inkvizitsiya (xristianlikka qarshi kurashish) davrida aynan musulmonlar Qur’oni karim oyatlariga tayanib Yevropani qutqarishgan. Nahotki, bu tarixiy haqiqat ayrim mulozimlarning esidan chiqqan bo‘lsa?!», – degan Ahmad O‘g‘rash.
Fransiya musulmonlari kengashi bosh kotibi Muhammad Bajrafil ham: «Bu holat musulmonlarga qarshi qaratilgan. U hurmat va e’tibordan mutlaqo yiroq», – degan.
Ayrim musulmon siyosatchilar Fransiyaning bu xatti-harakatini IShID terrorchi guruhi a’zolarining qiliqlariga o‘xshatishmoqda. Xudkushlar ham Qur’oni karim oyatlarini o‘zgartirmoqchi bo‘lishgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi