07:04 / 13.05.2018
4 487

Dubayda bepul “Qur’on parki” ochiladi

Dubayda bepul “Qur’on parki” ochiladi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida faoliyat boshlaydigan “Qur’on parki”da Muqaddas Qur’onda aytib o‘tilgan o‘simliklar hamda islomiy qo‘lyozmalarda qayd etilgan mo‘’jizalar ommaga namoyish etilishi rejalangan. Bu haqda "info.islom" nashri xabar berdi.

Mo‘jizaviy park qachon ishga tushishi hozircha oshkor qilinmagani hamda parkka kirish bepul ekani ma’lum qilingan.

“Qur’on parki”da “Mo‘jizalar g‘ori” va “Shisha uy” tashrif buyurgan odamlarda katta taassurot qoldirishi aytilmoqda.

“Park 12 ta bog‘dan iborat bo‘lib ularda Qur’oni Karim va Sunnatda qayd etilgan o‘simliklar mujassam bo‘lgan. Ularning ilmiy xususiyati va tibbiy jihatdan foydaliligi, shuningdek, qanday qo‘llanilishi ko‘rsatib berilgan. Banan, anor, zaytun, qovun, uzum, xurmo, sarimsoq, piyoz makkajo‘xori, yasmiq, bug‘doy, no‘xat, dukkaklilar, zanjabil, rayhon, qovoq va bodring shular jumlasiga kiradi”, - deydi Dubay shahar kengashi Bosh direktori Dovud Abdul Rahmon Al Hajiri.

“Qur’on parki” quyosh nuridan energiya bilan ta’minlanadi.

Parkka tashrif buyuruvchilar uchun Wi-Fi tizimi, telefonlarni quvvatlantirish shoxobchalari va odamlar dam olishi uchun salqin joylar tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubayda bepul “Qur’on parki” ochiladi