12:55 / 23.05.2018
3 246

Begemotlar antilopani timsohlardan ishonchli himoya qildi (video)

Begemotlar antilopani timsohlardan ishonchli himoya qildi (video)
Janubiy Afrika Respublikasidagi Kryuger milliy bog‘ida gnu antilopasiga timsohlar hujum qildi. Agar begemotlar yordamga kelmaganida, voqea antilopaning o‘limi bilan yakunlangan bo‘lar edi, deb yozmoqda «Daryo».

Holat aks etgan videoda dastlab antilopaga bitta timsoh tashlangan, keyin uning yoniga ikkinchisi qo‘shilgan. Ular birgalikda antilopani suvga tortgan.

Begemotlar dastlab voqeani kuzatib turgan, biroq timsohlar ularga juda yaqin kelganda, jangga aralashgan.

Yakunda antilopa yirtqichlardan qutulib qolgan va begemotlar yordami bilan qirg‘oqqa tirik qaytgan. Biroq u qiyinchilik bilan harakatlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)