15:54 / 03.06.2018
3 304

Kataloniyaning Madrid tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarilishi jarayoni to‘xtatildi

Kataloniyaning Madrid tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarilishi jarayoni to‘xtatildi
Kataloniya hukumatining yangi a’zolari.
Foto: Getty

Barselonada Kataloniya hukumati ning 13 nafar yangi a’zosi lavozimga kirishishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Bu 2017 yil oktyabr oyi oxirida joriy etilgan Kataloniyaning Madrid tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarilishi jarayonini bekor qiladi, deb xabar bermoqda «Daryo».

Kataloniya hukumatining yangi a’zolari o‘z majburiyatlarini qonunga muvofiq bajarishlari haqida navbatma-navbat qasamyod qildi. Hukumat a’zolarining qasamyodlarini Jeneralitet rahbari Kim Torra qabul qildi.

O‘z navbatida, Kim Torra Ispaniyaning yangi bosh vaziri Pedro Sanchesga muzokaralarni boshlashni taklif qildi. «Biz muzokaralar stoliga o‘tirib, tavakkal qilib bo‘lsa-da, bir hukumat bilan boshqa bir hukumat muzokara olib borganidan gaplashib olishimiz kerak», — dedi Torra.

Rasmiy Madrid Kataloniyaning Ispaniya tarkibidan mustaqil bo‘lib chiqish harakatlariga javoban muxtor viloyat ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruvni joriy etgan edi. Shundan so‘ng Kataloniya hukumatining o‘sha vaqtdagi rahbari Karles Puchdemon Ispaniyadan qochgan edi.

Puchdemon besh oy davomida Belgiyada yashirindi, vaqti-vaqti bilan ma’ruzalar o‘qish va munozaralarda qatnashish uchun Yevropaning boshqa mamlakatlariga chiqib turdi. Mart oyida u Xelsinki universiteti (Finlyandiya)da navbatdagi ma’ruzani o‘qib, Belgiyaga qaytayotganida, Germaniyada qo‘lga olindi. Hozirda Ispaniyaga ekstraditsiya qilinishini kutmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kataloniyaning Madrid tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarilishi jarayoni to‘xtatildi