14:15 / 09.06.2018
4 924

80 yoshli choldek ko‘rinuvchi 18 yoshli “bobo” (video)

80 yoshli choldek ko‘rinuvchi 18 yoshli “bobo” (video)
Xitoylik Syao Suyni ko‘rib, hech shubhasiz u kamida 80 yoshda ekanligini aytish mumkin. Biroq aslida Suy 18 yoshli o‘smir bo‘lib, hali maktabda o‘qiydi va kamdan-kam uchraydigan sindromdan aziyat chekadi. Bu sindrom tufayli uning yuz mushaklari va terisi qari odamlarniki kabi osilib qolgan. Shu sababli ham u shunday qari ko‘rinadi.

O‘smir Xarbindagi maktabda o‘qiydi. Yigitning aytishicha, u kasallik alomatlarini bir necha yil avval seza boshlagan va o‘shandan beri u yil sayin “qarilashib” bormoqda, uning terisi borgan sari osilib ketmoqda.

Shifokorlar o‘smirga nima bo‘layotganini aniqlashga urinmoqdalar. Mutaxassislar u qanday kasallikdan aziyat chekayotgani, uni qanday davolash yoki jilla qursa, terisi osilishini qanday to‘xtatish mumkinligi ustida bosh qotirmoqdalar. Yigitda tashqi qiyofasini boridek qabul qilishdan va kayfiyatni tushirmaslikdan boshqa iloji yo‘q.

Xayriyatki, Suydagi kasallik uning sog‘lig‘iga ta’sir qilmagan, u o‘zini yaxshi his qiladi. Ta’kidlanishicha, u maktabdagi eng yaxshi o‘quvchilardan biri hisoblanadi. Sinfdoshlari u barcha fanlarni yaxshi o‘zlashtira olishi sababli uni Supermen deb ataydilar, Yigitning o‘qituvchilari ham uni maqtaydilar. Ular Suy boshidan ko‘p narsani o‘tkazishiga to‘g‘ri kelganiga qaramay, mamlakatdagi eng yaxshi universitetga o‘qishga kirishiga va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishiga ishonishmoqda.

Yigitning aytishicha, ba’zida odamlar uni ko‘rinishi sababli mazax qiladilar, biroq bu vaziyatdan chiqishning bir yo‘li kayfiyatni tushirmaslikdir.

“Agar men qiyofam meni tashvishlantirmaydi desam, aldagan bo‘laman. Biroq mening kuchim hech qachon umidsizlikka berilmasligimdadir”, deb aytmoqda Suy.

Foto: Videodan kadr
Hozirda yigit imtihonlarga tayyorlanmoqda. U Xitoyning eng nufuzli ta’lim muassasalari hisoblangan Pekin universiteti yoki Sinxua universitetiga o‘qishga kirishiga umid qilmoqda.
18歲面容像80,他是女生的Superman

【18歲面容像80,他是女生的Superman】黑龍江哈爾濱,18歲的崔同學得了一種罕見的面部鬆弛症,面容看上去像老人。但他卻非常樂觀,也是同學眼中的學霸,還有女生稱他Superman。 (梨視頻)

Опубликовано 人民日報 25 мая 2018 г.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 80 yoshli choldek ko‘rinuvchi 18 yoshli “bobo” (video)