
Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutada yuritishga o‘tish vazifasini amalga oshirishlari kerak, zero shu tariqa ularning iqtisodiy xavfsizlik darajasi oshadi. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ShHT sammiti doirasida shunday bayonot bilan chiqdi.
"Dunyoda jahon valyutalari savati diversifikatsiyasi, valyuta qaramligi va kriptovalyutalarning paydo bo‘lish xavfini kamaytirish haqida ko‘p gapirilmoqda. Shu munosabat bilan biz ShHTning barcha mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutada amalga oshirishga o‘tishiga davlatlarimiz iqtisodiyoti xavfsizlik mezonlaridan biri sifatida qarashimiz kerak", - dedi Nazarboyev yakshanba kuni ShHTga a’zo mamlakatlar rahbarlarining 18-yig‘ilishida.
Qozog‘iston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, tashkilotga a’zo davlatlarning markaziy banklari tegishli yo‘l xaritalarini ishlab chiqishga kirishishi kerak.
"Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishda ikki tomonlama darajadan ko‘p tomonlama darajaga o‘tishni ta’minlash muhim. Biz tashkilot doirasida loyihalarni moliyalashtirish va texnologik resurslarni mobillashtirishga doir qo‘shma mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish tarafdorimiz", - deya ta’kidladi prezident.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar