14:28 / 15.06.2018
6 408

Olmaotadagi tog‘ yonbag‘rida «Alloh» so‘zini ko‘rib qolishdi (foto)

Olmaotadagi tog‘ yonbag‘rida «Alloh» so‘zini ko‘rib qolishdi (foto)
Qozog‘istonning Olmaota viloyati Jambil tumanidagi Kargali qishlog‘ida tog‘ etaklarida arab tilidagi «Alloh» yozuvini ko‘rib qolishdi. Bu haqda «Nur.kz»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

G‘aroyib voqelikni nafaqat qishloqdagi mahalliy aholi, balki bu yerdagi masjidga namoz o‘qish uchun taklif qilingan arablar ham payqagan.

«Bu Olatog‘ tog‘lari, Xon Tangri cho‘qqisining davomi. Uning yonbag‘irlarida ‘Alloh’ degan yozuv ko‘rinib turadi. Men bu haqda ko‘p yillardan beri aytib kelaman. Ilgari odamlar arab tilini bilmasdi va bunga ishonmasdi. Hozir ko‘pchilik arab grammatikasini o‘rgangan, ular men haq bo‘lganimni endi tan oldi», — deydi shu tog‘ etagida joylashgan masjid imomi Serik hoji Ibitayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday yozuvning mavjudligini ko‘rib, arablar ham hayratga tushgan. «Bir paytlar masjidimizda namoz o‘qish uchun chet elliklar kelgandi, ular orasida arablar ham bor edi. Biz ularga tog‘dagi yozuvni ko‘rsatdik. Ular juda hayron bo‘ldi va uni telefonlariga suratga ola boshladi», — dedi imom.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olmaotadagi tog‘ yonbag‘rida «Alloh» so‘zini ko‘rib qolishdi (foto)