
Turkmanistonda non pasport bo‘yicha sotilayapti, un xarid qilish uchun esa bir oy avval ro‘yxatga yozilish kerak. Bu haqda «Xabar.uz» nashri ma’lum qilmoqda.
Ashxoboddagi davlat do‘konida navbatda turgan kishilar safi tobora kengayib borayapti.
«Izdihom ertadan kechgacha davom etayapti. Kecha Turkmanboshi shohko‘chasidagi «Milliy market»da navbatda turib, kechga yaqin uyga kirib keldim. Bugun ertalab ishga otlanayotib yana do‘kon oldi gavjumligiga guvoh bo‘ldim: xuddi hech kim kechadan beri tarqamagandek. Asosiy mahsulotlar tanqis: shakar, un, moy...
Jurnalistlarning yozishicha, Turkmanistonning ko‘plab tumanlarida un yo‘q, sotilmayapti. Un olish uchun bir oy avval ro‘yxatga yozilish kerak ekan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar