
Yaponiyada “Interstellar Technologies” kompaniyasi yaratgan “MOMO” raketasining uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Raketa uchirilgach bir necha soniyadan so‘ng portlab ketgan. Boshqaruv masofaviy amalga oshirilgani sababli kompaniya xodimlaridan hech kim shikastlanmagan. Tomoshabinlar uchun ajratilgan hudud esa yarim kilometr uzoqda bo‘lgan.
“Xabar.uz”ning ma’lum qilishicha, “Interstellar Technologies” prezidenti Takaxiro Inagava loyihaning muvaffaqiyatsizligi uchun investorlardan uzr so‘radi. Uning aytishicha, portlash dvigateldagi nosozliklar sababli ro‘y bergan bo‘lishi mumkin.
Bu kompaniyaning uchuvchi apparatni kosmosga chiqarish bo‘yicha ikkinchi urinishi edi. Bundan o‘n bir oy avval Xokkaydo orolida o‘tkazilgan sinovda apparat 20 kilometrgacha ko‘tarilib, uchish joyidan 6,5 kilometr nariga, Tinch okeaniga qulagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar