14:50 / 11.07.2018
4 283

Osmonu falakdan uchib o‘tgan fazo raketasini olmaotaliklar tomosha qilishdi (foto)

Osmonu falakdan uchib o‘tgan fazo raketasini olmaotaliklar tomosha qilishdi (foto)
Kecha mahalliy vaqt bilan soat 03-51 da Qozog‘istondagi «Baykanur» kosmodromidan «Soyuz-2.1a» raketasi «Progress MS-09» yuk kemasi bilan birgalikda havoga parvoz qildi. Oradan o‘n daqiqacha vaqt o‘tib uni olmaotaliklar juda yaqin masofadan ko‘ra olishdi. Ko‘pchilik raketani suratga olishga ham ulgurdi.

Eslatib o‘tamiz, «Soyus-2.1a» raketasi Xalqaro fazo stansiyasiga yoqilg‘i, oziq-ovqat, suv va boshqa zarur mahsulotlarni yetkazadi.

Manba: Hordiq.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)