Foto: “Zeit.de”
Biz kabi korrupsiya, tanish-bilishchilik illatlariga qarshi kurashayotgan mamlakatlarda yashovchilar ko‘pincha G‘arbiy Yevropa, jumladan, Germaniyaga havas qilamiz — ularda hammasi joyida, halol raqobat bor dey o‘ylaymiz. Chindan ham shundaymi? “Xabar.uz” yozishicha, Germaniyada ham tanish-bilishchilik bor, ammo bu biz o‘ylagan narsa emas.
Nyurnbergdagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti (IAB) aniqlashicha, nemis kompaniyalaridagi har uchinchi ish o‘rni “tanishlar”ga nasib qiladi. Ayniqsa, o‘tgan asrning 90-yillarida butun Yevropada bo‘lgani kabi Germaniyada ham ishga kirishda “tanka” surish juda urf bo‘lgandi. Katta korporatsiyalarga faqat xodimlarning farzandlari va qarindoshlari ishga joylasha olardi.
Endi ahvol boshqacha: “tankalilar” ham saralashdan o‘tishlari shart. Ko‘pincha kompaniyalar “xodim xodimni jalb qiladi” siyosatiga amal qilishadi — kompaniyada yangi ish o‘rni ochilsa buni faqat “o‘zingnikilar” bilishadi. Rahbarlar ana shu yangi o‘rinlarga mos kadrlarni chaqirishni xodimlardan so‘rashadi. Nomzod kelgach suhbatdan o‘tadi, rezyumesi o‘rganiladi, loyiq topishsagina ishga olishadi. Hech qanday istisnolar bo‘lishi mumkin emas.
Nemislarning o‘zlari har qanday tanish-bilishchilikdan qochishga harakat qilishadi, chunki bu yo‘l bilan ishga kirib olganlarga doim bosim yuqori bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?