«Novaya gazeta» tahririyati Checheniston rahbari Ramzon Qodirovga poytaxtga kirishini taqiqlab qo'yish borasida Moskva meri Sergey Sobyaninga murojaat bilan chiqdi. Murojaat nashrning veb-saytida joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, bunday murojaat Qodirovning chiqishiga javoban bo'lgan, unda u gazetadagi maqolani tilga olgan. Ushbu material paydo bo'lgach, Checheniston rahbari «Checheniston hududiga «safsata» bilan shug'ullanuvchi hamda «o'z kabinetlarida qog'ozlarga yozib o'tiruvchi» «huquq himoyachilari deb ataladigan» barcha shaxslarni kirishini taqiqlab qo'ydi».
«Biz Chechenistonda terrorizmning oldini olishda faqat qonunlar hamda inson huquqlariga qat`iy rioya qilish foyda beradi, degan fikrdagi shaxslar toifasiga to'g'ridan-to'g'ri kiramiz», - deyiladi maqolada.
Aniqlik kiritilishicha, «bu ma`noda» gazeta jamoasi huquq himoyachilari sanaladi. Nashrdagilarning fikricha, Qodirovning chiqishida «hech qanday narsa bilan yashirilmagan separatizm» belgilari bor. Ularning ta`kidlashicha, Qodirovning «porshe-kayyenlar» va boshqa kortejlarisiz» Moskvada ancha tinchroq bo'ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi