Foto: “Reuters”
Venesuela hukumati ikki yil davomida benzin narxini oshirib borib, xalqaro darajaga chiqarmoqchi. Hozircha esa bir ichgulik qahva puliga million litr benzin olish mumkin, deb yozadi “Xabar.uz” xorij matbuotiga tayanib.
Venesuela 20 avgust, dushanba kunidan benzin narxini oshirishga kirishdi. Prezident Nikolas Maduroning taʼkidlashicha, shu ikki yil davomida benzinni suv tekinga qoʻlga kiritishga imkon beruvchi har qanday holatlarlar bartaraf etilishi kerak.
Shuning barobarida, hukumat oʻzining roʻyxatga olingan tarafdorlari (moddiy imtiyozlar olishga maxsus kartalari bor kishilar), ijtimoiy koʻmakka muhtojlar va jamoat transporti korxonalarini qoʻllashda davom etadi.
Guruch, sut, yogʻ kabi oziq-ovqat mahsulotlaridan farqli oʻlaroq, Venesuelada benzin taqchilligi yoʻq. Benzinning bir litri 6 bolivar turadi. Agar mahalliy valyuta yevroga oʻgirilsa, bir yevroga bir stakan qahva yoki million litr benzin sotib olish mumkin.
Hukumat hisob-kitoblariga koʻra, har yili davlat Kolumbiya va Karib havzasining boshqa mamlakatlariga benzin noqonuniy olib chiqib ketilishidan 16 mlrd. yevro atrofida zarar koʻryapti. Yana ayrim sabablarga koʻra, Venesuelada neft sanoati ilgarigidek daromad keltirmayapti.
Hozir Venesuelada sutkasiga 1,36 million barrel neft ishlab chiqarilyapti — bu oxirgi 50 yildagi eng past koʻrsatkich. Xalqaro bozorda esa neftining katta qismini sota olmayapti — Rossiya va Xitoydan qarzini uzyapti, qolaversa, yaqin ittifoqchisi Kubani arzon neft bilan taʼminlayapti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi