16:10 / 29.08.2018
3 978

Germaniya Berlin devorini qayta tiklaydi

Germaniya Berlin devorini qayta tiklaydi
Germaniya poytaxtida 1961 yildan 1989 yilgacha GFR va GDRni ajratib turgan Berlin devorining bir qismi tiklanadi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, artistlar guruhi oktyabr oyining oʻrtalarida boshlanadigan va toʻrt hafta davom etadigan badiiy loyiha doirasida devorning bir qismini qayta tiklaydi. Art-obyektni tomosha qilish uchun tashrif buyuruvchilar 15 yevro evaziga maxsus vizani sotib olishi lozim boʻladi. Bundan tashqari, ular oʻzlarining mobil telefonlarini topshirishlari hamda uning oʻrniga shaxsiy ekskursion yoʻnalishlar boʻlgan smartfonlarni olishlari kerak, unda hujjatli filmlarni tomosha qilish, shuningdek, koʻrgazma va konsertlarga tashrif buyurish ham kiritiladi.

Art-loyiha ijodkorlarining soʻzlariga koʻra, mehmonlar boshqa mamlakatga sayohat qilishlari va ozodlik tuygʻusini yoʻqotish nimani anglatishini tushunishlarini xohlashmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya Berlin devorini qayta tiklaydi