Qashqadaryolik qiz pokistonlik yigitga turmushga chiqdi (video)

Qashqadaryolik qiz pokistonlik yigitga turmushga chiqdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda qashqadaryolik qiz va pokistonlik yigitning to‘yi aks etgan videolar tarqaldi. Video izohlarida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 3 sentyabr kuni Qamashi tumanida yashovchi Venera ismli qiz Pokistondan bo‘lgan Hamza ismli yigit bilan turmush qurgan.

Qayd etilishicha, yoshlarning to‘yi Qashqadaryo viloyatidagi to‘yxonalardan birida o‘zbekona urf-odatlar asosida o‘tkazilgan. Kadrlarda kelin-kuyovning yaqinlari va qarindoshlari quvonchli onlarni birga nishonlayotganini ko‘rish mumkin.

To‘yda kuyov ham o‘zbekona muhitga moslashib, “O‘yna, kuyov” qo‘shig‘i yangraganida raqsga tushgan. Bu esa to‘y ishtirokchilarining, ayniqsa, yoshlarning yaqinlari uchun yana bir quvonchli lahzaga aylangan.

Turli millat vakillarining oila qurishi ikki tomonning bir-biriga bo‘lgan hurmati va yaqinligini namoyon etuvchi voqea sifatida ko‘pchilik e’tiborini tortmoqda.

Biz ham Venepa va Hamzaga oilaviy baxt, mehr-muhabbat, totuvlik va uzoq umr tilaymiz. To‘ylar muborak bo‘lsin!

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar