date
views 6 787

Peruda ikki boshli, toʻrt koʻzli kuchukcha dunyoga keldi

Peruda ikki boshli, toʻrt koʻzli kuchukcha dunyoga keldi
Kuchukning egasi Persi Uangal Ortis Bagua shahrida istiqomat qiladi. Uning aytishicha, iti jami olti kuchukchani dunyoga keltirdi. Ularning faqat bittasigina shunday nuqson bilan tugʻildi. Qolganlari benuqson.

Persi Uangal Ortis yaqin orada kuchukchani veterinarga olib borishni rejalashtirgan. Veterinardan ikki bosh hamda toʻrt koʻzli kuchukchani qanday parvarish qilish haqida soʻrashni niyat qilgan.

Ayni kunda qoʻshni shaharlardan ham odamlar kelib kuchukchani tomosha qilmoqda, xudoning karomatiga tan bermoqda. Lekin mutaxassislar bir narsadan qoʻrqishadi. Nuqson bilan tugʻilgan jonzotlar odatda uzoq yashamasligi mumkin.

Manba: Hordiq.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peruda ikki boshli, toʻrt koʻzli kuchukcha dunyoga keldi