BMT Yamandagi vaziyat haqida maʼlum qildi: “Odamlar oʻtlarni yeyishmoqda”

Yamandagi vaziyat gumanitar falokat yoqasida turibdi, mamlakatda ocharchilikdan aziyat chekayotgan aholi soni 11,5 mln kishiga yetishi mumkin. Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar masalalar boʻyicha oʻrinbosari va favqulodda yordam boʻyicha muvofiqlashtiruvchi Mark Loukok maʼlum qildi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
Uning soʻzlariga koʻra, Yaman rialining qadrsizlanishi taxminan 10 million yamanliklar uchun oziq-ovqatga boʻlgan narxlarning oshishiga olib kelmoqda, sababi mamlakatga deyarli barcha oziq-ovqat mahsuloti import qilinadi.
Bundan tashqari, Loukokning taʼkidlashicha, BMT holatni ocharchilik, deb atash mumkin boʻlgan oʻchoqlarni, jumladan, “odamlar boshqa ovqat boʻlmagani uchun barglarni yeyishga majbur boʻlayotgan vaziyatlarni” koʻrmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Uning soʻzlariga koʻra, Yaman rialining qadrsizlanishi taxminan 10 million yamanliklar uchun oziq-ovqatga boʻlgan narxlarning oshishiga olib kelmoqda, sababi mamlakatga deyarli barcha oziq-ovqat mahsuloti import qilinadi.
Bundan tashqari, Loukokning taʼkidlashicha, BMT holatni ocharchilik, deb atash mumkin boʻlgan oʻchoqlarni, jumladan, “odamlar boshqa ovqat boʻlmagani uchun barglarni yeyishga majbur boʻlayotgan vaziyatlarni” koʻrmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…