Moldova prezidenti oʻz lavozimidan chetlatildi
1 daqiqa o'qish4K


Moldova Konstitutsion sudi yangi vazirlarni tasdiqlashdan bosh tortgani sababli prezident Igor Dodonni vaqtinchalik oʻz vazifalarini bajarishdan chetlatdi.
Bunday qaror Konstitutsion sud tomonidan Demokratik partiya deputatlarining iltimosi boʻyicha qabul qilindi.
“Interfaks”ning xabar berishicha, sud qarori parlament raisiga prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza qilish va oila, shuningdek, qishloq xoʻjaligi, mintaqaviy rivojlanish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish vazirini tayinlash toʻgʻrisidagi farmonni imzolashiga imkoniyat yaratib berishga yoʻnaltirilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Moldova prezidenti Igor Dodon Kishinyovda roʻy bergan norozilik namoyishlari yuzasidan oʻz fikrini bildirgandi.
- #Moldova
- #Prezident Igor Dodon
- #Konstitutsion Sud
- #Vazirlarni Tasdiqlash
- #Demokratik Partiya
- #Parlament Raisi
- #Ijtimoiy Muhofaza
- #Qishloq Xoʻjaligi
- #Atrof-Muhitni Muhofaza qilish
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…