“Rus mafiyasiga aloqador”. AQSHda rossiyalik yana bir milliarderning aktivlari muzlatildi

1 daqiqa o'qish4.5K
“Rus mafiyasiga aloqador”. AQSHda rossiyalik yana bir milliarderning aktivlari muzlatildi
AQSHda rossiyalik milliarder va “RUSAL” konserni egasi Oleg Deripaskaning aktivlari muzlatildi. Bu haqda New York Post nashri Amerika Moliya vazirligi amaldorlariga tayangan holda yozmoqda.

Aprel oyida AQSH hukumati milliarder Oleg Deripaskani sanksiyalar roʻyxatiga qoʻshdi. Xususan, Nyu-Yorkdagi Yuqori Ist-Sayd tumanida, shuningdek, Vashingtonda joylashgan qasr muzlatib qoʻyilgan aktivlar orasiga kiritildi.

AQSH rasmiylarining fikricha, Deripaska “rus mafiyasi yetakchilariga”, shuningdek, Kremlga aloqador, deyiladi materialda. Shuningdek, nashrning yozishicha, Deripaska yillar davomida Qoʻshma Shtatlarda moliyaviy firibgarlikda aybdor deb topilgan AQSH prezidentining saylovoldi kampaniyasi sobiq rahbari Pol Manafortga pul toʻlab kelgan. Hozirgi vaqtda Manafort “Rossiya ishi” boʻyicha surishtiruv jarayoniga rahbarlik qilayotgan AQSH maxsus prokurori Robert Myuller jamoasi bilan hamkorlik qilmoqda.

Hozirda AQSH Moliya vazirligining mansabdor shaxslari Deripaska bilan Yevropada aktivlar bilan amaliyotlardan bosh tortish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar qiladi NY Post.

Rossiyalik milliarder 2008 yilda koʻchmas mulkni 42,5 million dollarga sotib olgan, deyiladi materialda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSH rossiyalik milliarder Vladimir Yevtushenkovga sanksiya qoʻllamoqchi ekani, u Oʻzbekistonda noqonuniy operatsiyalar amalga oshirgani xabar qilingandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?