Istanbul politsiyasi maxsus operatsiya davomida jinoiy doiralarda Lotu Guli laqabi bilan maʼlum boʻlgan, Ozarboyjonning bosh “qonundagi oʻgʻrisi” Nodir Salifovni ushladi. Bu haqda Kun.uz nashri maʼlum qildi.
Turkiyada Salifov haqida ozarboyjonlik boshqa jinoiy “avtoritet” Ravshan Janiyev oʻldirilgandan keyin gapirila boshlangan. Janiyev aynan Salifovning koʻrsatmasi bilan oʻldirilgani gumon qilinadi.
Salifov Rossiya OAVda Turkiyada boʻla turib Rossiyaning Kaluga viloyatidagi tadbirkorlardan oʻlpon yigʻayotgani haqida maʼlumot paydo boʻlgandan soʻng Istanbul politsiyasining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʻlimi koʻz ostiga tushgan.
8 oktyabrda Salifov Turkiyadan turib videokonferensiya yordamida Rossiyadagi ozarboyjonlik tadbirkorlarga oʻlpon solgani haqida maʼlum qilingan.
Salifov 23 avgustda Chernogoriyada qoʻlga olingan, biroq qoʻyib yuborilgan. U odam oʻgʻirlash, tovlamachilik va bosqinchilik ayblovlari bilan xalqaro qidiruvga berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi