Ajoyib kechirim soʻrash

1 daqiqa o'qish8.7K
Ajoyib kechirim soʻrash
Men bir narsa haqida aytsammi yoki aytmasammi? – deb oʻylanib qoldim. Lekin Alloh taolo ushbu soʻzni aytishim uchun qalbimni ochib qoʻydi.

Bir doʻstimiz boʻlar edi. U ushbu darslarga muntazam qatnashib kelar edi. Men aytmoqchi boʻlayotgan narsa Ramazon oyida boʻlib oʻtgan. Men uni solihlardan deb oʻylayman. Uning soqoli bor edi. U bir kuni soqolini juda koʻp qisqartirib keldi. Unga biror narsa deb qoʻyish mening qalbimga oʻrnashib oldi. Men unga: “Seni soqoling koʻp edi-ku, nima uchun bunday qilding? Agar avvaldan shu koʻrinishda boʻlganingda men parvo qilmas edim”, – dedim. Men unga boshqa biror gap aytganim yoʻq, lekin qalbimga unga nisbatan eʼtiroz suqilib kirgan edi.

Boriʼ azza va jalla menga tarbiya berishni iroda qildi. Menga odob berib qoʻyishni istadi. Men oʻzim bir narsa deb qoʻyishni istagan odam bilan sinovga uchragan edim. Alloh taolo meni bir sartaroshga yoʻliqtirib meni u bilan sinadi. Sartarosh xato qilib, mening soqolimni odatdagidan koʻproq qisqartirib qoʻydi. Men bu ishda hech narsa qilolmay qoldim. Men birinchi oʻrinda beodoblik qilib qoʻyganimni esladim. Ha shunday.

U odam hozir bu yerda yoʻq. Lekin men u kishini insha Alloh kutaman.

Hoy doʻstlarim. Inson nimaga biror kishiga bir narsa deyishni qalbiga oʻrnashtiradi. Ayniqsa bu narsani nimaga qalbiga tugadi. Men shu ishni qilib qoʻydim va unga nisbatan eʼtiroz bildirib bu ishimni oʻzimcha toʻgʻri deb oʻyladim. Lekin mana oʻzingiz eshitganingizdek, Alloh azza va jalla, men tanbeh bermoqchi boʻlgan ushbu insondagi narsa bilan oʻzimni ham sinadi.

Men Alloh taolodan bizlarga bandalarga nisbatan odobli boʻlish rizqini berishini soʻrayman.
Imom Butiy

Abdulloh Gʻulomov tarjimasi.

Manba: Azon.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?